Xorazm viloyati IIBda Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Davron Nazarmuxamedovning faxriylar bilan uchrashuvi tashkil etildi
2024-10-08 19:00:00 / Yangiliklar
Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasida boʻlib oʻtgan uchrashuvda Vazir oʻrinbosari general-mayor Davron Nazarmuxamedov, boshqarma boshligʻi polkovnik Ravshan Sultanxodjayev, boshqarma boshligʻining maslahatchisi isteʼfodagi polkovnik Rustam Rahimov, Faxriylar kengashi raisi isteʼfodagi polkovnik Aminboy Tojiyev, shuningdek, shahar-tuman Ichki ishlar boʻlimlari boshliqlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari va faxriylar kengashi raislari hamda 200 nafarga yaqin soha faxriylari ishtirok etdilar.
Uchrashuvda faxriylarning muammolarini oʻrganish va bartaraf etish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash hamda munosib shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha muhokama qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, yosh xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda faxriylarning boy tajribalaridan keng foydalanish, bu borada Xorazm viloyatida kriminogen vaziyati murakkab boʻlgan mahallalarda faoliyat olib borayotgan profilaktika inspektorlariga tajribali faxriylarni maslahatchi-murabbiy sifatida biriktirish tajribasini yanada rivojlantirish va ommalashtirish, ular bilan doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yuzasidan masʼul rahbarlarga topshiriqlar berildi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati