Asosiy kontentga o'tish

IIV Tezkor-qidiruv departamenti tomonidan DXX bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalasi bilan shugʻullanib kelgan jinoiy guruhlar faoliyatiga chek qoʻyildi

2024-10-07 17:30:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Tezkor-qidiruv departamenti tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Zangiota va Toshkent shahrining Sergeli tumanlarida tezkor tadbir oʻtkazildi.

1996-yilda tugʻilgan shaxs Zangiota tumanida toʻxtatilib tekshirilganda, yonida 100 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.

Tadbir davom ettirilib, uning vaqtincha yashash manzili koʻzdan kechirilganda, oshxonasida 3 805 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalillar hujjatlashtirib olindi.

Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida chakana narxi 314 mln 560 ming soʻmga teng boʻlgan jami 3 905 dona uch turdagi kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari olindi.

IIV TQD va Andijon viloyati IIB tezkor xodimlari tomonidan Paxtaobod tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, 2002-yilda va 1988-yilda tugʻilgan, ikki nafar shaxs “Lasetti” rusumli avtomashinada kelib, “maxsus xaridor”ga 3 600 dona ikki turdagi kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini 130 mln 800 ming soʻmga sotayotgan vaqtida ushlandi.

Tadbir davomida avtomashina yukxonasida 500 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalillar hujjatlashtirib olindi.

Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 625 mln soʻmga teng boʻlgan jami 4 100 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari olinib, hozirda tezkor-qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.

IIV Tezkor-qidiruv departamenti

330

Oxirgi yangilanish: 2024-10-07 23:32:29