Fargʻona viloyati IIB boshligʻi general-mayor Azizbek Ikramov ishtirokida Fargʻona davlat universitetida uchrashuv oʻtkazildi
2024-10-06 10:00:00 / Yangiliklar
Avval xabar qilganimizdek, Fargʻona viloyati hokimi tomonidan tasdiqlangan reja-jadvalga asosan oktyabr oyida “Dolzarb oylik” oʻtkazilib, giyohvandlik illatiga qarshi keng qamrovli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilyapti.
Ana shunday tadbirlardan biri viloyatimizning eng katta oliygohi – Fargʻona davlat universitetida ham yuqori saviyada oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasida Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha 2024-2028-yillarga moʻljallangan Milliy strategiya ijrosi doirasida tashkillangan anjumanda viloyat IIB boshligʻi, general-mayor Azizbek Ikramov, Fargʻona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammedov hamda tegishli mutasaddi rahbarlar ishtirok etib, mavzu yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Uchrashuvda qayd etilganidek, giyohvandlik illati insoniyat boshiga juda koʻp kulfatlarni solib, yoshlarni toʻgʻri yoʻldan ozdiradi.
Bu illat iskanjasiga tushgan gʻoʻr yoshlar hech narsadan tap tortmay, hatto jinoyatga qoʻl urishi ham mumkin.
Shu bois giyohvandlik balosiga qarshi kurashishni umummilliy harakatlarga aylantirish, bu boradagi huquqiy targʻibot tadbirlarining taʼsirchanligini yanada oshirish, bunday jinoyatga qoʻl urgan shaxslarga esa jazo muqarrarligini qatʼiy taʼminlash zarur.
Oliygoh professor oʻqituvchilari hamda talaba-yoshlar jamlangan mazkur uchrashuvda salbiy illatlarga qarshi birgalikda, ahil va hamjihat kurash olib borishga kerakligi qayd etildi.
Mavzu yuzasidan zarur taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Fargʻona viloyat IIB Axborot xizmati