IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshligʻi polkovnik Sharof Uralov Jondor tumanida Probatsiya hisobida turgan shaxslar bilan uchrashuv oʻtkazdi
2024-10-06 10:00:00 / Yangiliklar
Tuman ichki ishlar boʻlimida oʻtkazilgan uchrashuvda nazoratdagi shaxslarga 2024-yilning 7-avgust kuni qabul qilingan “Probatsiya toʻgʻrisidagi” qonunning mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Shuningdek, belgilab berilgan tartib-qoidalariga amal qilish, mehnatga halol munosabatda boʻlish, qayta jinoyat sodir qilmaslik toʻgʻrisida tushunchalar berildi.
Shundan soʻng, tuman IIB JXX Probatsiya guruhida faoliyat olib boruvchi xodimlarining xizmat faoliyatlari bilan tanishildi.
Bundan tashqari, “Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga asosan ijtimoiy yordam pullari evaziga tashkil qilingan tadbirkorlik faoliyati bilan tanishdi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati