Toshkent shahar IIBB boshligʻi diqqat markazida fuqaro murojaatlari
2024-10-06 10:00:00 / Yangiliklar

Poytaxtning Yunusobod tumani Usta Shirin mahallasida Toshkent shahar IIBB boshligʻi general-mayor Aziz Tashpulatovning navbatdagi sayyor qabuli boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda sohaviy xizmatlarning rahbarlari va masʼul xodimlari hamda manfaatdor tashkilot va muassasalarning vakillari ishtirok etdi.
Fuqarolarning murojaatlari har xil masalalarda boʻldi. Tergov va surishtiruv, bandlik, ijtimoiy soha, uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish, kredit olish va hokazolar bilan bogʻliq murojaatlar koʻrib chiqildi. Fuqarolarga imtiyozli kreditlash tizimi boʻyicha uy-joy sotib olish tartiblari atroflicha tushuntirilib, huquqiy maslahatlar berildi.
33 ta murojaat joyida ijobiy hal etilib, bir qator murojaatlar boʻyicha qonunda belgilangan tartibda koʻrib chiqish muddatlari belgilanib, murojaat etuvchilarga huquqiy maslahatlar berildi.
Koʻkchinor mahallasida yashovchi Rustam Gʻ. “Koʻkchinor” va “Adolat” mahallalari oraligʻidagi koʻchada piyodalar oʻtish joyi yoʻqligi, odamlar yoʻlni kesib oʻtishga qiynalayotgani haqida xabar berdi. Mazkur masalani hal etishda yordam soʻrab Bosh boshqarma boshligʻiga murojaat qildi. 3-sektor rahbari koʻrsatmasi bilan mazkur masala ijobiy hal etildi.
Sayyor qabul davomida sogʻligʻi yuzasidan yordam soʻragan “Bogʻ koʻcha” MFYda yashovchi Muxayo G. va Nodira K.larga ham yordam koʻrsatildi. Ular kerakli dori-darmonlar olib berildi.
Bu kabi qabul va uchrashuvlar poytaxtimizning barcha tumanlarida davom etmoqda.
Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati