Sport. Maktabda voleybol
2024-10-06 07:35:00 / Yangiliklar

Yaqinda poytaxtimizning Bektemir tumanida joylashgan umumiy oʻrta taʼlim maktablarining yuqori sinf oʻquvchi-qizlari oʻrtasida “Maktabda voleybol” shiori ostida “IIV Malaka oshirish instituti boshligʻi kubogi” musobaqasi oʻtkazildi.
Qizgʻin va murosasiz bellashuvlarga boy tarzda oʻtgan mazkur bahslarning yakuniy natijalariga koʻra, 291-sonli maktabning sportchilaridan iborat jamoa gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Raqibidan biroz ortda qolgan 293-sonli maktab qizlaridan tashkil topgan jamoa 2-pogʻonani zabt etgan boʻlsa, 289-sonli maktab jamoasi 3-oʻrinni egalladi.
Gʻolib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Sherali ANVAROV, podpolkovnik.