Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi polkovnik Sandjar Djabarov boshqarma binosida fuqarolarni qabul qildi
2024-10-06 07:00:00 / Yangiliklar

Fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbat orqali ularning muammolarini tinglash shuningdek, joyida hal etish hudud osoyishtaligini taʼminlashda muhim omillardan hisoblanadi. Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi polkovnik Sandjar Djabarov boshqarma binosida murojaati bilan kelgan 15 ga yaqin fuqarolarni qabul qildi. Murojaatlarning aksariyati tergov-surishtiruv, moddiy yordam hamda bedarak yoʻqolgan shaxsni topish masalalarida boʻldi. Murojaatchilardan 4 tasinig muammosi joyida hal etilgan boʻlsa, 6 nafariga huquqiy tushuntirish berildi qolgan murojaatlar esa boshqarma boshligʻi tomonidan chuqur tahlil etgan holda qonunda belgilangan tartibda hal etish yuzasidan mutasaddi soha rahbarlariga aniq topshiriqlar berib, ijrosi nazoratga olindi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati