Samarqand viloyati IIB boshligʻi polkovnik Rahmat Mamatov huzurida yigʻilish boʻlib oʻtdi
2024-10-06 06:50:00 / Yangiliklar

-Ichki ishlar sohasida xizmat qilayotgan har bir xodim qasamyodiga sodiq boʻlishi, kasbiga masʼuliyat bilan yondashishi shart va zarur.
Bugungi murakkab va tahlikali zamonda yurtimiz tinchligini, xalqimiz osuda hayotini taʼminlashda sergaklik bilan faoliyat olib borishni davrning oʻzi taqozo etmoqda.
Samarqand viloyati IIB boshligʻi polkovnik Rahmat Mamatov ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishda bu alohida taʼkidlandi. Unda boshqarma boshligʻi oʻrinbosarlari, shaxsiy tarkib xodimlari ishtirok etdi.
Yigʻilish kun tartibidagi oʻtgan davr mobaynida viloyatimizda sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar, ularning oldini olish borasidagi profilaktik tadbirlar natijasi atroflicha tahlil qilindi.
Migratsiyadan qaytgan fuqarolar bandligini taʼminlash, ular bilan individual ishlash, xorijga chiqib ketgan fuqarolarni nazoratga olish borasidagi targʻibot ishlarini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.
Boshqarma boshligʻi hududlarda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar osoyishtaligini taʼminlash, jinoyatchilikka qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni keskin tanqid qildi.
Profilaktika inspektorlari har bir mahallaning osoyishtaligini saqlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishda qatʼiy masʼuliyat, hushyorlik ila xizmat olib borishi zarurligini, ayniqsa, tungi vaqtlarda ish faoliyati kuchaytirilishini taʼkidlab bu boradagi vazifalarga alohida toʻxtaldi.
Muhokama doirasida viloyatimizda jinoyatchilikni oldini olish borasidagi amaliy ishlar tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi.
Keltirildiki, ishda aniq chora-tadbirlar, ustuvor rejalar belgilab olinishi lozim. Bajarilgan ishlar monitoringini nazorat qilish, bu orqali xato-kamchiliklarni tuzatish, salbiy holatlarni yaxshilashga erishish mumkin.
Shuningdek, yigʻilish yakunida xodimlar xizmat intizomi va qonuniylikka amal qilishi, korrupsiya va tamagirlikka yoʻl qoʻymaslik, fuqarolar bilan muloqotda muomala madaniyatiga rioya qilishi yuzasidan ham topshiriqlar berildi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati