27-sentyabr- “Xalqaro turizm kuni” munosabati bilan Surxondaryo viloyat Termiz davlat Universitetida koʻrgazmali tadbir namoyish etildi
2024-09-27 09:00:00 / Yangiliklar
27-sentyabr- “Xalqaro turizm kuni” munosabati bilan Termiz davlat Universitetida turizm sohasiga aloqador hamkor tashkilotlar va talabalar ishtirokida koʻrgazmali tadbir tashkil etildi.
Tadbir ishtirokchilari tomonidan milliy taomlar, anʼanalar, musiqa va raqslar namoyishi boʻlib oʻtdi.
Shuningdek, tadbirda ishtirok etayotgan xorijiy turistlar va tomoshabinlarga viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan sayyohlar xavfsizligi va koʻrsatilayotgan xizmatlar haqida tanishtirilib, qiziqtirgan savollar boʻyicha kerakli maʼlumotlar berib oʻtildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati