Kriminologiya sohasida Oʻzbekiston va Yaponiya ilmiy-tadqiqot muassasalarining hamkorligini yoʻlga qoʻyish boʻyicha yangi kelishuv imzolandi
2024-09-18 11:00:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 16-sentyabr kuni Yaponiya Adliya vazirligining Dalillarga asoslangan siyosatni ishlab chiqish departamenti, Ilmiy-tadqiqot va malaka oshirish instituti, shuningdek, Nagoya iqtisodiyot universiteti rahbar va mutaxassis xodimlaridan iborat delegatsiya Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutiga tashrif buyurdi.
Delegatsiya aʼzolariga Oʻzbekiston Kriminologiya institutining tashkil etilishi, maqomi, faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari va erishgan ilmiy natijalari haqida maʼlumot berildi.
Uchrashuv davomida Oʻzbekiston Kriminologiya instituti va Yaponiya Adliya vazirligi Ilmiy-tadqiqot va malaka oshirish instituti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik boʻyicha anglashuv memorandumini imzolash, shuningdek, 2024–2026-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish shuningdek, Oʻzbekiston Kriminologiya instituti tomonidan har yil oʻtkaziladigan, xususan joriy yilning 29-30-oktyabr kunlari boʻlib oʻtadigan “Jahon kriminologiyasining ilgʻor tajribalari” mavzusidagi xalqaro forumda Yaponiya Adliya vazirligi Ilmiy-tadqiqot va malaka oshirish instituti boshligʻi va yetakchi kriminolog olimlarini ishtirok etishini taʼminlash, Yaponiya Adliya vazirligi Ilmiy-tadqiqot va malaka oshirish instituti yetakchi kriminolog olimlarini Oʻzbekiston Kriminologiya instituti huzuridagi Xalqaro ekspertlar kengashi aʼzoligiga kiritish kabi qator kelishuvlarga erishildi.
Doʻstona va konstruktiv ruhda oʻtgan muzokaralar natijasida kriminologiya sohasida ilmiy hamkorlik chora-tadbirlarini kelgusida belgilangan tartibda amalga oshirish masalasini ishlab chiqishga kelishildi.