Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari polkovnik Baxtiyor Rajapov oʻziga biriktirilgan bir guruh yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi
2024-09-18 09:00:00 / Yangiliklar
Yoshlarni intellektual salohiyati, axborot texnologiyalari sohasidagi bilimini oshirish, iqtidorli bolalarni qoʻllab-quvvatlash va bandligini taʼminlash maqsadida Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari polkovnik Baxtiyor Rajapov oʻziga biriktirilgan Qarshi shahar “Aralovul” mahallasida istiqomat qiluvchi bir guruh yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Qarshi shahar IT park – axborot texnologiyalari sohasida loyihalar yaratish markazida boʻlib oʻtgan tadbirda 30 nafarga yaqin yoshlar, mahalla yoshlar yetakchisi hamda taʼlim muassasasi oʻqituvchilari ishtirok etishdi.
Keng qamrovli tadbirda dastlab polkovnik Baxtiyor Rajapov yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, hozirgi kunda yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari, ularga yaratib berilayotgan imkoniyat va shart-sharoitlar haqida tushuntirishlar berdi.
Tadbirda internetdan foydalanishda axborot olish va tarqatish gigiyenasi, muloqot madaniyatiga rioya qilish, axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlar qurboniga aylanib qolishni oldini olish, kiberxavfsizlik yoʻnalishlari boʻyicha yoshlarga atroflicha tavsiya va tushunchalar berildi.
Ochiq muloqot ruhida savol-javoblar asosida oʻtgan uchrashuvda yoshlarning huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda IT park – axborot texnologiyalari markazida yoshlar uchun yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanish imkoniyatlari borasidagi bilimi boyitildi.
Yakunda davra suhbatida faol ishtirok etgan yoshlar va ularning oʻqituvchi-murabbiylariga badiiy kitoblar va esdalik sovgʻalari berildi.
Bu boradagi tadbirlar davom ettirilmoqda.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati