Surxondaryo viloyatida otaliqqa biriktirilgan yoshlar bilan ommaviy-madaniy tadbirlar uyushtirildi
2024-09-15 09:00:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2024-yil 13-yanvardagi tegishli buyrugʻiga asosan, Sherobod tumanida istiqomat qilayotgan otaliqqa olingan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, tarixiy va maʼnaviy bilimlarini oshirish maqsadida, viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi va Sherobod tumani IIB xodimlari tomonidan sayohat tashkil qilindi.
Dastlab, Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi binosiga olib kelinib, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar, ajratilgan moddiy-texnikalari va xodimlarning xizmat faoliyatlari bilan tanishtirib oʻtildi.
Shundan soʻng, Termiz shahridagi “Vatanparvarlik bogʻi” hamda “Arxeologiya muzeyi”ga olib borilib, u yerda saqlanayotgan tarixiy eksponatlar va jangovar texnikalar haqida kerakli tushuncha va maʼlumotlar berib oʻtildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati