Samarqand viloyati IIB boshligʻi polkovnik Rahmat Mamatov tomonidan Samarqand shahridagi Yoshlar markazi binosida fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul oʻtkazildi
2024-09-06 14:00:00 / Yangiliklar
Qabul davomida 17 nafar fuqaroning 20 ta turli masalalardagi murojaatlari koʻrib chiqildi.
Murojaatchilardan tegishli tartibda arizalar qabul qilinib, huquqiy maslahatlar berildi.
Qoʻshimcha oʻrganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy koʻrsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Shuningdek, 2 nafar yurtdoshlarimizga Oʻzbekiston fuqaroligi, bir guruh yoshlarga ID-kartalari topshirildi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati