Surxondaryo viloyatida 136 nafar shaxsga Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi berildi
2024-09-02 18:50:00 / Yangiliklar
Inson uchun fuqarolik pasportiga ega boʻlish eng katta gʻurur tuygʻusini baxsh etadi. Prezidentimizning tegishli Farmoni bilan mustaqilligimizning 33-yilligi arafasida fuqaroligi boʻlmagan, boshqa davlat fuqaroligini olmagan, yurtimizda muqim yashab kelayotgan, iltimosnomalar bilan murojaat qilgan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi berildi. Xususan, ular orasida 135 nafar surxondaryoliklar ham bor.
Kuni kecha viloyat hokimligida tashkil etilgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olgan voxadoshlarimizning bir guruhiga fuqarolik pasportlari – ID kartalarni tantanali topshirdi.
Viloyat rahbari tadbir ishtirokchilarini mustaqillik ayyomi bilan, Oʻzbekiston fuqaroligi olganlarni fuqarolik bilan qutladi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati