Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev tomonidan poytaxtdagi bir qator obyektlarida jamoat tartibini saqlash xizmat faoliyati oʻrganib chiqildi
2024-09-02 14:30:00 / Yangiliklar
Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 33-yilligi munosabati bilan poytaxtning bayram tadbirlari oʻtkaziladigan istirohat bogʻlaridagi jamoat tartibini saqlashga jalb etilgan xodimlar faoliyati bilan tanishdi.
Jumladan, Chilonzor tumanidagi “Magic city” va “Dream Park” oilaviy koʻngilochar bogʻlarida hamda Shayxontohur tumanidagi “Tashkent City Mall”da jamoat tartibini saqlashga jalb etilgan xodimlar xizmat faoliyati bilan tanishildi va bayram tadbirlari davomida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan koʻngilsiz hodisalarning oldini olish yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar oʻrganildi.
Shu bilan birga, hududlarda jamoat tartibini namunali tashkil etish boʻyicha topshiriqlar berildi.
IIV JXD Axborot xizmati