Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi harbiy xizmatchilarini mustaqillik bayrami bilan tabrikladi
2024-08-31 12:30:00 / Yangiliklar
Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Yuldashevich Mirzaraximov IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi harbiy qismiga tashrif buyurib, harbiy xizmatchilarni Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz uch yilligi munosabati shaxsiy tarkibni tabriklab, kelgusida xizmat faoliyatlari yuzasidan ulkan zafarlar tiladi.
Shuningdek, vazir oʻrinbosari harbiy xizmatchilariga jangovar xizmatni Nizom talablari asosida olib borishlari hamda kontrakt boʻyicha va muddatli harbiy xizmatchilarga xizmat qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganligi, yotoqxonalar, oshxonalar va boshqa maishiy xizmat koʻrsatish xonalari mavjudligi hamda oʻquv sinflarining jihozlanganligi, harbiy xizmatchilardan faqatgina jangovar xizmatni vijdonan toʻgʻri tashkil qilishlari, intizombuzarlik holatlariga yoʻl qoʻymasliklari, bir-birlari bilan munosabatda xushmuomala boʻlishlari talab qilinishini alohida yetkazib oʻtdi.
Tashrif davomida, Qorovul qoʻshinlariga yangi olib kelingan texnika va qurol-aslahalardan jangovar xizmat vaqtlarida toʻgʻri foydalanishlari texnikalar bilan harakat vaqtida yoʻl transport va xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlari boʻyicha barcha shaxsiy tarkibga oʻz tavsiya va takliflarini berib oʻtdi.
Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti