Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazida Mustaqillik bayrami munosabati bilan adabiy uchrashuv tashkil etildi
2024-08-30 09:00:00 / Yangiliklar
Mustaqil Oʻzbekiston davlatining dunyo xaritasidan oʻrin egallaganiga 33-yil boʻldi. Tarixan qisqa davr ichida kuchli demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirish yoʻlida dadil qadamlar qoʻyildi.
Istiqlol tufayli oʻzligimizni angladik, ozod xalq, mustaqil davlat sifatida Oʻzbekistonning bor boʻy-bastini, ulkan salohiyatini butun dunyoga namoyon qilish imkoni ochildi.
Shunday ulugʻ bayram oldidan “Xavfsiz shahar” markazida adabiy tadbir tashkil etilib, unda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining oʻrinbosari, taniqli shoir Botirjon Ergashev hamda markaz direktori, mayor Ulugʻbek Kulanov, direktor oʻrinbosari Mirobid Meliyev va boʻlim boshliqlari, xodimlar qatnashdi.
Uchrashuvda Vatan mustaqilligi – bu qadr-qimmatini hech narsa bilan oʻlchab boʻlmaydigan, bebaho neʼmat ekanligi haqida soʻz yuritilib, biz uchun eng ulugʻ, eng aziz ayyom boʻlmish Mustaqillik bayramini har tomonlama katta tayyorgarlik bilan kutib olish anʼanaga aylanganligi taʼkidlandi.
Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi