Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 33-yilligi munosabati bilan Ichki ishlar vaziri tizimda fidokorona xizmat qilayotgan bir guruh xodimlarga davlat mukofoti va vazirlikning idoraviy mukofotlarini tantanali ravishda topshirdi
2024-08-30 18:00:00 / Yangiliklar
Tinch yurtga bayram va tantanalar yarashadi. Bu yil mustaqilligimizning 33-yilligi bayram sifatida yurtimizning barcha hududlarida koʻtarinki kayfiyatda nishonlanmoqda. Ajib shukronalik va yurtga daxldorlik tuygʻularini oʻzida aks ettirgan bu yilgi hurlik shodiyonalari “Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida oʻtkazilishida ham ramziy maʼno mujassam.
Bayram tadbirlari Ichki ishlar vazirligi tizimida ham munosib kutib olindi.
Vazirlik Madaniyat saroyida boʻlib oʻtgan bayram tadbirini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov ochib berdi. Tinchlik osoyishtalikni taʼminlashda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan koʻrsatilayotgan fidoiylik, oʻz qasamyodiga sodiq xodimlar mamlakatimiz rahbari tomonidan hamisha eʼzozlanishi taʼkidlab oʻtildi. Shuningdek, yaqinda Fransiyada oʻtkazilgan Olimpiada musobaqalarida Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan, ulkan matonat va mardlik koʻrsatib, Oʻzbekiston madhiyasini jahon arenalarida yangratgan xodimlar eʼtirof etilib ularning jasorati yana bir bor madh etildi.
Shundan soʻng, tadbir marosimida xalqimiz osoyishtaligini mustahkam taʼminlashda, qonun ustuvorligi va tinchlikni taʼminlash, jamoat tartibini mustahkamlash borasidagi sharafli burchini bajarish chogʻida mardlik, jasorat va fidoyilik koʻrsatgani, sohada yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash yoʻlidagi koʻp yillik samarali mehnati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh Ichki ishlar organlari xodimlariga davlatimiz rahbarining farmoni bilan davlat mukofotlari orden hamda medallar tantanali topshirildi.
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan taqdirlanganlarga:
“Mardlik” ordeni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari polkovnik Alikariyev Murodilla Saydullayevichga;
“Doʻstlik” ordeni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi harbiy safarbarlik boʻlimi muhim topshiriqlar boʻyicha inspektori podpolkovnik Lim Mixail Aleksandrovichga;
“Jasorat” medali Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumani ichki ishlar boʻlimi yoʻl-patrul xizmati inspektori marhum katta serjant Primov Eldor Uktamovichning turmush oʻrtogʻiga, Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Samarqand viloyati boʻyicha maxsus otryadi guruh komandiri podpolkovnik Tairov Ruslan Karimovichga, Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi komandiri oʻrinbosari mayor Zikirov Jamoliddin Toxirjonovichga;
“Sodiq xizmatlari uchun” medali Samarqand shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi polkovnik Ibragimov Ismatjon Nigmatjonovichga, Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshligʻi polkovnik Ergashev Ilxom Abdumutalifovichga, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti batalyon komandiri podpolkovnik Gulyamov Eldar Istamovichga, Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani ichki ishlar boʻlimi tergov boʻlimi boshligʻi podpolkovnik Rustamov Jasurbek Ilxomovichga, Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi podpolkovnik Rahimov Nodirbek Muyidinovichga, Sirdaryo viloyati Xovos tumani ichki ishlar boʻlimi profilaktika inspektori mayor Dushayev Anvarjon Xudoyberdiyevichga, Namangan viloyati Davlatobod tumani ichki ishlar boʻlimi patrul-post xizmati otryadi boʻlinma komandiri safdor Eshanjanov Saydulloxon Nizomovichga, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi kinologiya xizmati kichik inspektor-kinologi safdor Goncharov Aleksey Sergeyevichga;
“Shuhrat” medali Navoiy viloyati Navbahor tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari podpolkovnik Ruzimurodov Voxidjon Asatullayevichga, Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumani ichki ishlar boʻlimi tezkor-qidiruv xizmati katta tezkor vakili mayor Qurbonov Quvondiq Karimovichga, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani ichki ishlar boʻlimi profilaktika katta inspektori kapitan Karimov Gʻolib Toliboyevichga, Surxondaryo viloyati IIB shimoliy mintaqaviy hudud patrul-post xizmati otryadi boʻlinma komandiri safdor Qodirov Sirojiddin Nadirxanovichga tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek marosimda ayni kunda Ichki ishlar organlarida oʻzining samarali xizmati bilan alohida namuna koʻrsatayotgan xodimlar vazirlik idoraviy koʻkrak nishonlari, maxsus unvon va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Albatta berilayotgan bunday yuksak eʼtibor va gʻamxoʻrlik har bir xodimga katta masʼuliyat bilan birga, tunu kun oʻz ustidan ishlash, jamoat xavfsizligini taʼminlash uchun barcha kuch-vositalarni safarbar etish majburiyatini yuklaydi.
Eslatib oʻtamiz, bu kabi bayram tadbirlari barcha hududiy ichki ishlar organlarida oʻtkazilmoqda.