Joriy yilning 29-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari polkovnik Ramazon Ashropovning Koreya Respublikasi Migratsiya xizmati direktori Kim Jeong-do (Kim Jeong-do) boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi
2024-08-29 12:20:00 / Yangiliklar
![Joriy yilning 29-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari polkovnik Ramazon Ashropovning Koreya Respublikasi Migratsiya xizmati direktori Kim Jeong-do (Kim Jeong-do) boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F732f84b1-0d7d-7eed-0574-a9d4d3f01dcb_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Tadbirda tomonlar ikki davlat migratsiya xizmatlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish, noqonuniy migratsiya holatlarini oldini olish, Koreyada boʻlib turgan vatandoshlarimiz hamda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan Koreya Respublikasi fuqarolari tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning oldini olish, xorijda boʻlib qiyin sharoitga tushib qolgan vatandoshlarimizga koʻmak berish va mamlakatimizga qaytarish, shuningdek sohaga oid boshqa masalalarni muhokama qildilar.
Doʻstona va konstruktiv ruhda oʻtgan uchrashuv yakunida ikki mamlakatning migratsiya faoliyati bilan bogʻliq hamkorlik borasida istiqbolli vazifalar belgilab olindi.
Oʻzbekistonga tashrifi jarayonida xorijiy mutaxassislarning Adliya vazirligi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuvlari rejalashtirgan.
IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasi