IIV Madaniyat saroyida “Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi qoʻshiq” tanlovining Ichki ishlar vazirligi bosqichi boʻlib oʻtdi
2024-08-26 13:00:00 / Yangiliklar
Harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik, ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda milliy va jangovarlik tuygʻularini kuchaytirish, maʼnaviy, madaniy va ijodiy salohiyatlarini yanada rivojlantirish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33-yilligi munosabati bilan Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik-idoralar harbiy xizmatchilari hamda 18 va undan yuqori yoshdagi havaskor va professional ijodkorlar oʻrtasida “Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi videorolik”, “Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi qoʻshiq”, hamda “Vatanni madh etuvchi eng yaxshi sheʼr” tanlovlarini oʻtkazish belgilangan edi.
Shu sababli kuni kecha Ichki ishlar vazirligi Madaniyat saroyida “Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi qoʻshiq” tanlovining Ichki ishlar vazirligi bosqichi boʻlib oʻtdi.
Ishtirokchilar orasidan eng munosiblari saralab olinib, ularga respublika bosqichida ishtirok etish uchun yoʻllanmalar berildi.
Unga koʻra IIV Qoʻshiq va raqs ansambli xodimlari safdor Qambarov Farhod, safdor Hamdamov Suxrob, safdor Bekmurodov Sherali, safdor Shukrullayev Nuralilar “Hur vatanni sevish kerak” qoʻshigʻi bilan, Fargʻona viloyat IIB xodimlari safdor Gʻafurov Sarvarbek, katta leytenant Soyibov Isroiljon va katta leytenant Ismonov Saidburxonlar “Yurt posbonlari” qoʻshigʻi bilan, IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi xodimi kichik serjant Begdullayev Tolibek “Mening armiyam” qoʻshigʻi bilan ishtirok etdi va gʻolib deb topildi.