IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshligʻi Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi
2024-08-14 19:00:00 / Yangiliklar
Mustaqilligimizning 33-yillik bayramini keng nishonlash davrida fuqarolarni xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash, jinoyatlarni va yoʻl-transport hodisalarini oldini olish, bayramni koʻtarinki ruhda nishonlash maqsadida IIV JXD YHXX boshligʻi hamda Jamoat xavfsizligi xizmati, aloqador tashkilot va idora xodimlaridan iborat tashkil etilgan ishchi guruh ishtirokida yoʻriqnoma boʻlib oʻtdi.
IIV JXD Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshligʻi polkovnik Sherzod Ibragimov tomonidan masʼullarga bir qator chora-tadbirlar belgilab berildi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati