Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev boshchiligida “Probatsiya toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosini taʼminlash boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi
2024-08-14 12:00:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 13-avgust kuni Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev boshchiligida 2024-yil 7-avgust kuni qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining “Probatsiya toʻgʻrisida”gi OʻRQ-938-sonli Qonuni ijrosini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Yigʻilishda Jamoat tartibini saqlash xizmati, Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati, Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati hamda Probatsiya boshqarmasi boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, boʻlim va boʻlinmalar boshliqlari hamda hududiy studiyalardan masʼullar ishtirok etdi.
Vazir oʻrinbosari tomonidan muhokama jarayonida hududiy JXX boshliqlarining hisobotlari tinglandi va takliflari eshitildi.
Yigʻilish yakunida, sohaga oid qonunlar asosida ichki ishlar organlariga yuklatilgan vazifalar ijrosini yuqori saviyada taʼminlash, raqamlashtirish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda joriy yilning 9 oyini ijobiy yakunlash maqsadida masʼullarga aniq topshiriq va vazifalar belgilab berildi.
IIV JXD Axborot xizmati