Asosiy kontentga o'tish

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev boshchiligidagi ishchi guruh Namangan viloyatida amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha oʻz ishini boshladi

2024-08-13 16:50:00 / Yangiliklar

Ishchi guruh vakillari tomonidan dastlab Namangan viloyati IIB JXX YHXB xodimlari ishtirokida tonggi yoʻriqnoma oʻtkazildi. Unda inspektorlarga xizmat davomida vakolatdan chetga chiqmaslik, sohaga doir qonun, qaror va farmonlarni doimiy oʻzlashtirib borish, oʻz ustida tinimsiz ishlash, fuqarolar bilan muloqotda qonun doirasida ish olib borish boʻyicha ogohlantirishlar berildi.

Shundan soʻng saf koʻrigi oʻtkazildi. Saf koʻrigi davomida xizmat avtomashinasining sozligi, xizmat formasi kiyish tartibi va ozodaligi, xizmat guvohnomasi hamda boshqa tegishli hujjatlari tekshirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati

260

Oxirgi yangilanish: 2024-08-14 08:05:58

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev boshchiligidagi ishchi guruh Namangan viloyatida amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha oʻz ishini boshladi