Surxondaryo viloyati IIBda mutaxassis-psixologlar tomonidan kundalik xizmat faoliyatini maxsus vositalar bilan olib boradigan xodimlar uchun xizmat oldi yoʻriqnomalar berildi
2024-08-13 11:55:00 / Yangiliklar

Surxondaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻlimi Psixologik taʼminlash guruhi mutaxassis-psixologlari tomonidan kundalik xizmat faoliyatini maxsus vositalar bilan xizmatga jalb etiladigan viloyat ichki ishlar boshqarmasi tarkibida xizmat olib borayotgan xodimlar bilan xizmat oldi tegishli psixoprofilaktik suhbatlar oʻtkazildi.
Psixoprofilaktik suhbatlar davomida, xodimlarga xizmat olib borish jarayonida fuqarolar bilan xushmuomalada boʻlishlari, ogʻir vaziyatlarda stress holatlariga berilmaslik, maxsus vositalardan foydalanish vaziyati vujudga kelgan vaqtida vazirlikning tegishli meʼyoriy buyruq talablari asosida foydalanishlari tushuntirildi.
Surxondaryo viloyati IIBda xodimlar bilan oʻtkazilayotgan psixologik tadbirlar davom ettirilyapti.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati