Surxondaryo viloyatida turizm sohasida hamkorlik faoliyati yuzasidan Matbuot anjumani oʻtkazildi
2024-08-10 09:00:00 / Matbuot anjumanlari
Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi, viloyat turizm boshqarmasi, viloyat hududida faoliyat olib borayotgan turoperatorlar, turagentlar, gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilik bilan shugʻullanuvchi masʼul xodimlari bilan hamkorlikda Termiz shahridagi “Matbuot uyi”da matbuot anjumani oʻtkazildi.
Oʻtkazilgan matbuot anjumanida, turizm va madaniy meros obyektlarini muhofaza qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, nodavlat notijorat tashkilotlar, turizm sohasiga aloqador davlat idoralari oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, yurtimiz hududiga tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimini yanada koʻpaytirish boʻyicha kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan masalalar haqida soʻz yuritildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati