Vazir oʻrinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev tomonidan Jizzax viloyati IIBda kengaytirilgan yoʻriqnoma oʻtkazildi
2024-08-08 13:10:00 / Yangiliklar
Yoʻriqnomada viloyat hokimiyati, prokuraturasi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Jizzax viloyati IIB rahbariyati va xodimlari ishtirok etdi.
Yoʻriqnomada aholi osoyishtaligini saqlash, kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlashga qaratilgan aniq vazifalar belgilandi.
Jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish ishlariga ichki ishlar boshqarmasining kuch vositalari jalb etildi.
Soha xodimlari hamkor tashkilotlar vakillari bilan birga mulkiy turdagi jinoyatlarning oldini olish, aholini ogohlikka chorlash, ularning bu boradagi huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targʻibotlar yanada jadallashtirish kerakligi taʼkidlandi.
Shu maʼnoda umumiy ovqatlanish shoxobchalari, choyxona, restoran va kafelar, savdo va koʻngilochar majmualarda tadbirkorlar va fuqarolarga oʻgʻirlik, firibgarlik kabi qonunbuzarliklardan ogoh boʻlishlari borasidagi targʻibot ishlarini kengaytirish aytib oʻtildi.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Axborot xizmati