Navoiy viloyatida mavjud joylashtirish vositalarida qonun buzilish holatlarining oldini olish borasida seminar boʻlib oʻtdi
2024-08-06 12:00:00 / Yangiliklar

Navoiy viloyatidagi joylashtirish vositalariga tashrif buyurgan mehmonlarni «E-mehmon» elektron dasturiga kiritib borishda yoʻl qoʻyilayotgan xato va kamchiliklar hamda qonunbuzarlik qoidalarining oldini olish maqsadida Navoiy viloyati Davlat Xavfsizlik xizmati boshqarmasi, Navoiy viloyati Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va viloyat Turizm boshqarmasi bilan hamkorlikda seminar tashkil etildi.
Seminarda soʻzga chiqqanlar bugungi kunda viloyatda turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, tadbirkorlik subyektlariga berilgan imtiyozlar, turizm sohasida qabul qilingan yangi qaror va farmonlar mohiyati yuzasidan maʼruza qildi.
Tadbirkorlik subyektlariga berilgan keng koʻlamli imtiyozlarga qaramasdan ular tomonidan bir qancha qonunbuzarlik holatlari kuzatilmoqda. Jumladan, maishiy xizmatlari boʻyicha turizm faoliyatini amalga oshirishda belgilangan tartibda tegishli sertifikatlar olmasdan ish yuritish, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinmasdan istiqomat qilish kabi holatlar uchramoqda. Ularni oldini olish boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi masʼullari soʻzga chiqib, «E-mehmon» avtomatlashtirilgan dastur faoliyati, chet el fuqarolarini ushbu dastur yordamida roʻyxatga olish, joylashtirish vositalari va davolash muassasalarining belgilangan tartibda sertifikatlash boʻyicha tushunchalar berdi.
Seminar soʻngida tadbirkorlik subyektlari tomonidan bildirilgan takliflar va savollarga mutasaddi tashkilot vakillari tomonidan tushuntirish berib oʻtildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati