Asosiy kontentga o'tish

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev poytaxtda jamoat transporti tizimidagi muammolarni bartaraf etish boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi

2024-08-06 11:10:00 / Yangiliklar

Yigʻilishda idoralararo ishchi guruhi va “Toshshahartransxizmat” AJ hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Jumladan, Toshkent shahrida jamoat transporti xizmat sifatini yaxshilash, 2024-2025-oʻquv yilida avtotransportlar soni ortishini inobatga olgan holda, yoʻlovchi tashishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy holatlarni, tirbandliklarni oldini olish, yoʻnalishda avtobuslar sonini koʻpaytirish hamda avtobuslar harakati uchun moʻljallangan “A” tasmali yoʻlaklardan avtobuslar toʻsiqsiz harakatlanishini taʼminlash maqsadida, ushbu yoʻlaklarda harakatlanib, toʻxtash va toʻxtab turish qoidalarini buzayotgan avtomobillarga nisbatan taʼsirchan choralarni koʻrish borasida koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

Yigʻilish soʻngida, yuqorida taʼkidlangan vazifalar zamirida yagona maqsad — xalqimiz va yoʻlovchilarga sifatli, xavfsiz jamoat transportini koʻrsatish eng oliy maqsadimiz ekanligi taʼkidlab oʻtildi.

467

Oxirgi yangilanish: 2024-08-07 07:30:23

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev poytaxtda jamoat transporti tizimidagi muammolarni bartaraf etish boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi