Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati malakali pedagoglarni tanlov asosida ishga qabul qiladi
2024-08-04 09:00:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati 2024/2025-oʻquv yili uchun quyidagi fanlardan malakali pedagoglarni tanlov asosida ishga qabul qiladi.
- Rasm va chizmachilik fani oʻqituvchisi (oʻzbek va rus guruhlar uchun);
-Matematika fani oʻqituvchisi (oʻzbek va rus guruhlar uchun);
Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 466-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirliging akademik litseylari va ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablari asosida oʻtkaziladi.
Tanlovga hujjat topshirish muddati: 2024-yil 1-avgustdan 20-avgustgacha.
Manzilimiz: Toshkent shahar Uchtepa tumani 11-mavze M.Shayxzoda koʻchasi 64-uy.
Telefonlar: +99890-065-25-75; +9989-878-37-06; +99893-520-44-48.