Qashqadaryo viloyati IIB boshligʻi polkovnik Abduvoxid Ismoilov huzurida xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish, korrupsion holatlarga qarshi kurashish ishlarining tahliliga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi
2024-08-04 09:00:00 / Yangiliklar

Unda viloyat IIB boshligʻining oʻrinbosarlari, IIV SHXBB Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi, boshqarma JXX tarkibidagi barcha sohaviy xizmatlar rahbariyati va shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.
Tanqidiy ruhda oʻtgan yigʻilishda boshqarma boshligʻi shaxsiy tarkib oʻrtasida xizmat intizomini mustahkamlash, qonunchilikka rioya etish hamda faoliyat davomida qonun doirasidan chetga chiqmaslik, fuqarolar va haydovchilar bilan xushmuomalada boʻlish xizmat va shaxsiy avtotransport vositalarini tegishli hujjatlar asosida yoʻl qoidalariga rioya etgan holda boshqarish, turli favqulodda hodisalarning oldini olish boʻyicha holatlarni atroflicha tahlil etdi.
Sir emas, keyingi paytlarda korrupsion holatlar, tamagirlik, poraxoʻrlik kabi salbiy illatlarni oldini olish borasida amalga oshirib kelinayotgan kompleks chora-tadbirlar tufayli bir qator korrupsion va boshqa turdagi jinoyatlarni oldini olinayotgani, oʻz kasbi va qasamyodiga sodiq xodimlar tufayli ichki ishlar organlarining imiji oshib borayotir.
Ammo sholi kurmaksiz boʻlmagani kabi tizimda ham oʻz nafsini tiya olmayotgan nopok xodimlar uchrayotgani tanqid ostiga olindi.
Shaxsiy tarkibga qonunchilik va Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi Kodeksi talablariga rioya etgan holda halollik va burchga sadoqat ruhida xizmat olib borish borasida yoʻriqnoma berdi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati