Qirgʻiziston va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosarlari ishtirokidagi hamkorlik uchrashuvi davom etmoqda
2024-07-31 17:25:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, general-mayor Bekmurod Abdullayev Qirgʻiziston Respublikasida boʻlib, Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari bilan oʻtkazilayotgan hamkorlik uchrashuvi davomida Issiqkoʻl viloyati Ichki ishlar boshqarmasida tashkil etilgan turistik-ekologiya militsiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Turistik-ekologiya militsiyasi xorijlik mehmonlarning xavfsizligini taʼminlash bilan bir qatorda, turistik hududlarda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, atrof-muhitga zarar yetkazilishiga qarshi kurashish boʻyicha xizmat olib boradi. Eʼtiborli jihati, xodimlarning har biri tabiatni muhofaza qilish qoidalari bilan bogʻliq maxsus bilim va koʻnikmalarga ega. Ular atrof-muhit holati va tabiiy resurslardan toʻgʻri foydalanishni muntazam tekshirib boradi.
Bundan tashqari, xodimlar sayyohlik obyektlarining ekologik talablarga muvofiqligini nazorat qiladi, yovvoyi oʻsimliklar va hayvonlarni noqonuniy yigʻib olishga qarshi kurashadi.