Buxoro viloyati Ichki ishlar hamda Oila va xotin-qizlar boshqarmalari hamkorligida yangi loyihaga start berildi
2024-07-27 11:05:00 / Yangiliklar
![Buxoro viloyati Ichki ishlar hamda Oila va xotin-qizlar boshqarmalari hamkorligida yangi loyihaga start berildi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2Fd6d990dc-5d2e-e260-8940-a28d31c9a5e1_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Jumladan, viloyatda xotin-qizlar, voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik, erta turmush, erta tugʻruq hamda tazyiq va zoʻravonlikni oldini olish, ayollar bandligini taʼminlash maqsadida “Muqaddassan, ayol” shiori ostida targʻibot karvoni barcha shahar-tumanlar boʻylab yoʻlga chiqdi.
Viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari, Yoshlar ishlari agentligi, “Qizlar ovozi” klubi aʼzolari, iqtidorli va faol yoshlardan tarkib topgan mazkur guruhning dastlabki manzili Gʻijduvon tumani boʻldi.
Targʻibot karvonining faoliyatini rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati