Asosiy kontentga o'tish

Qashqadaryo viloyati IIBda Vazir oʻrinbosari polkovnik Ramazon Ashropov ishtirokida hisobot yigʻilishi oʻtkazildi

2024-07-27 09:50:00 / Yangiliklar

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida joriy yilning birinchi yarmi yakuniga bagʻishlangan tahliliy yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari polkovnik Ramazon Ashropov viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Abduvoxid Ismoilov, boshqarma boshligʻi oʻrinbosarlari, barcha sohaviy xizmat rahbarlari, shahar-tuman ichki ishlar boʻlimlari boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari, boʻlinma boshliqlari, shahar-tuman ichki ishlar boʻlimlari shaxsiy tarkibi videoselektor orqali qatnashdi.

Yigʻilishda Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari polkovnik Baxtiyor Rajapovning oʻtgan olti oy davomida viloyatda jinoyatchilikni jilovlash, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, yoʻl-harakati xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari soʻzga chiqib, korrupsiya va tamagirlikka yoʻl qoʻymaslik, xizmat intizomi va qonuniylikka rioya qilish borasida rahbariyatning qatʼiy talab va topshiriqlarini xodimlarga yetkazdi.

Tanqidiy ruhda oʻtgan yigʻilishda viloyatda jamoat tartibini saqlash, qonun ustuvorligini taʼminlash, mol-mulk daxlsizligi, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil etildi. Faoliyatda erishilgan yutuqlar bilan birga yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar muhokama qilinib, jinoyatchilikning ayrim turlari oshgan shahar-tuman ichki ishlar boʻlimlari rahbarlariga bu borada amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar xususida koʻrsatma hamda topshiriqlar berildi. Koʻlami keng yigʻilishda xizmat davomida kamchiliklarga yoʻl qoʻygan sohaviy xizmatlarning ayrim xodimlari faoliyati muhokama etilib, tegishli jazo choralari belgilandi.

Biriktirilgan hududda jinoyatlarning oldini olib, xizmatda muvaffaqiyatga erishgan, korrupsion holatlarni oldini olib, ichki ishlar organlarining imijini oshirishga qoʻshga hissasi uchun bir guruh xodimlar boshqarma boshligʻining “Faxriy yorligʻi” va pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Hisobot yigʻilishida viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi lavozimiga podpolkovnik Rustamjon Doʻsmatov tayinlandi.

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati

295

Oxirgi yangilanish: 2024-07-27 16:44:13

Qashqadaryo viloyati IIBda Vazir oʻrinbosari polkovnik Ramazon Ashropov ishtirokida hisobot yigʻilishi oʻtkazildi