Asosiy kontentga o'tish

Surxondaryoda Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari bilan psixologik-trening mashgʻuloti tashkil etildi

2024-07-26 09:00:00 / Yangiliklar

Surxondaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻlimi psixologik taʼminlash guruhi mutaxassis-psixologlari tomonidan viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi masʼul rahbarlari bilan hamkorlikda boshqarma xodimlari uchun «Muomala madaniyati va inson psixologiyasi» mavzusida psixologik-trening mashgʻulotlari tashkil etildi.

Mazkur psixologik-trening mashgʻulotini viloyat IIB maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati mutaxassis-psixologlari hamda Termiz davlat universiteti «Psixologiya» kafedrasi katta oʻqituvchisi Oʻtkir Joʻrayevichlar oʻzaro hamkorlikda olib borishib, xodimlarning individual–psixologik xususiyatlari, kasbiy tayyorgarlik hamda tezkor-xizmat vazifalarini bajarishda chidamlilik, bardoshlilik va boshqa irodaviy sifatlari, ekstremal vaziyatlarda psixologik turgʻunligini taʼminlash, oʻzining muammolarini anglash, oʻziga xos yoʻl topish, harakatlariga toʻgʻri baho berishni shakllantirish boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazishdi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

191

Oxirgi yangilanish: 2024-07-26 17:27:38

Surxondaryoda Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari bilan psixologik-trening mashgʻuloti tashkil etildi