Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tuman davlat xizmatlari markazida viloyat sektorlar rahbarlarining fuqarolar bilan ommaviy sayyor qabuli oʻtkazildi
2024-07-25 10:40:00 / Yangiliklar

Sayyor qabulda 3-sektor rahbari viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Abduvoxid Ismoilov ham ishtirok etib, tuman sektorlar rahbarlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar va mutasaddi idoralar vakillari ishtirokida oʻn bir nafar fuqarolarni qabul qildi.
Shaffof, oshkora va ochiq tashkil etilgan sayyor qabulda fuqarolarning ichki ishlar organlari tomonidan olib borilayotgan tergov va surishtiruv harakatlari, ichki ishlar organlariga ishga tiklash, ishga kirish va soha xodimlarining xizmatidan minnatdorlik bilan bogʻliq murojaatlar tinglandi.
Inson qadri ustuvor darajaga koʻtarilgan yurtimizda fuqarolarning muammolariga yechim topish, ularni qiynayotgan kundalik va maishiy yumushlarni bartaraf etish, pirovardida odamlarni hayotdan rozi qilish maqsadida oʻtkazilgan qabulda 7 muammolar joyida hal etildi.
Oʻrganish uchun vaqt va mablagʻ talab etadigan 4 ta murojaatlar ijroga qaratilib, masʼullarga hal etish topshirigʻi berildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati