«Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi» doirasida kompleks targʻibot-tashviqot tadbirlari davom etmoqda
2024-07-23 09:00:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Kiberxavfsizlik markazi va Toshkent viloyati IIBB Kiberxavfsizlik boʻlimi xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida joylashgan “ASTRUM” IT akademiyasida viloyat yoshlar yetakchilari ishtirokida navbatdagi targʻibot uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda masʼul rahbarlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etib, qatnashchilarga mazkur oylikning maqsad va vazifalari, kelgusida rejalashtirilgan tadbirlar yuzasidan maʼlumot berdilar.
Yoshlar bilan ochiq muloqot shaklida oʻtgan tadbirda ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan faollik koʻrsatdilar.
Shuningdek, Toshkent viloyatida kiberjinoyatlarni oldini olish hamda aholini kiber olamdagi tahdidlarga qarshi immunitetini oshirish maqsadida IIV hamda Toshkent viloyati IIBB Kiberxavfsizlik boʻlimi mutaxassislari, viloyatdagi manfaatdor idora va tashkilotlar bilan birgalikda targʻibot-tashviqot tadbirlarini oʻtkazishi hamda innovatsion targʻibot usullaridan foydalangan holda barcha ishchi-xizmatchilar, yoshlar bilan hamkorlikda koʻplab aholini qamrab olish rejalari boʻyicha batafsil maʼlumotlar yetkazildi.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati