Navoiy viloyati IIB xodimalari gender tenglikni taʼminlashga qaratilgan seminarda faol ishtirok etishdi
2024-07-21 10:45:00 / Yangiliklar
![Navoiy viloyati IIB xodimalari gender tenglikni taʼminlashga qaratilgan seminarda faol ishtirok etishdi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F432e9dc3-e4d4-2e9c-63ca-648d6f9c0ae4_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Joriy yilning 17-iyul sanasida «Gender tenglikni taʼminlashga oid turli stereotiplarning oldini olish»ga qaratilgan seminar boʻlib oʻtdi.
Seminarda Navoiy viloyati IIB maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati xodimalari, mazkur mavzu yuzasida chiqishlar bilan ishtirok etishdi. Shuningdek, ayollarning jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlash, ularni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishda amalga oshirilgan chora-tadbirlar boʻyicha maʼlumotlar berish bilan bir qatorda, xotin-qizlarning millat milliy qadriyatlari va mentalitet asosida maʼnaviy, maʼdaniy qiyofasini yaratish uchun zaruriy normalar yuzasidan, hamkor tashkilotlar bilan targʻibot rejalari tuzib olindi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati