Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi hamda viloyat prokurori tungi vaqtda Guliston shahrida oʻrganish ishlarini olib bordi
2024-07-10 21:30:00 / Yangiliklar
![Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi hamda viloyat prokurori tungi vaqtda Guliston shahrida oʻrganish ishlarini olib bordi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F53337834-20d2-ee6f-6baa-ebbafaf9e433_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Davlatimiz rahbari tomonidan hududlarda kriminogen vaziyatni yaxshilash hamda mahallalarda osoyishtalikni saqlash boʻyicha belgilangan vazifalari yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi polkovnik Sandjar Djaparov hamda viloyat prokurori Savid Imatov tomonidan Guliston shahrida tungi xizmat faoliyatini oʻrganish ishlari olib borildi.
Oʻrganish ishlari davomida sektor rahbarlari tomonidan Guliston shahridagi Ichki ishlar boʻlimlari hamda Jamoat tartibini saqlash boshqarmasining tungi ish faoliyati, navbatchilik hamda yoʻnalishli patrullik guruhlarining xizmat oʻtash jarayonlari oʻrganilib, mahallalarda jinoyatlarni barvaqt oldini olish maqsadida, amalga oshirilayotgan keng qamrovli «ijtimoiy profilaktika» tadbirlarini yanada kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi. Tadbir jarayonida, aniqlangan barcha kamchiliklar tanqidiy muhokama qilinib, kelgusida xizmat faoliyatini takomillashtirishga oid maqsadli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Viloyat sektor rahbarlarining oʻrganish ishlari viloyatimizning boshqa shahar hamda tumanlarida ham davom etmoqda.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati