Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasidagi kompleks targʻibot tadbirlari davom etmoqda
2024-07-08 10:00:00 / Yangiliklar
Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida «Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi — Cyber month Surxandarya« doirasida ushbu jinoyatlarning oldini olish boʻyicha targʻibot-tashviqot tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Ushbu targʻibot tadbirida, Oʻzbekiston Respublikasi IIV Tezkor qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi, viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlimi masʼullari, tumandagi davlat tashkiloti va idoralari, huquq-tartibot organlari rahbarlari va xodimlari, “mahalla yettiligi” faollari hamda fuqarolari ishtirokida boʻlib oʻtdi.
Tadbir davomida, hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarimiz firibgarlik, oʻgʻrilik va boshqa shu kabi jinoyatlar qurboniga aylanib qolayotganligi haqida soʻz yuritilib, ushbu jinoyat qurboniga aylanmaslik uchun amal qilishi va har xil aldovlarga ishonmasliklari tushuntirildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati