Andijon viloyati IIB tomonidan otaliqqa olingan Andijon shahridagi 4-son kasb-hunar maktabi oʻquvchi-yoshlarining tantanali bitiruv tadbiri boʻlib oʻtdi
2024-07-05 10:00:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 4-iyul kuni Andijon viloyati IIB tomonidan otaliqqa olingan Andijon shahridagi 4-son kasb-hunar maktabi oʻquvchi-yoshlarining tantanali bitiruv tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirga taʼlim muassasasining ustoz-murabbiylari, bitiruvchilarning ota-onalari va boshqa yaqinlari ham taklif etildi.
Bitiruv tadbirida Andijon viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov ishtirok etib, katta hayot ostonasida turgan barcha yoshlarga boshqarma boshligʻining tabrigini oʻqib eshittirdi.
Maʼlumot oʻrnida, kasb-hunar maktabida 2023-2024 oʻquv yilida 400 nafar oʻquvchi-yoshlar taʼlimni tamomlab, katta hayot sari qadam qoʻymoqdalar.
Tadbirda mamlakatimiz kelajagi boʻlgan yosh avlodni xar tomonlama barkamol inson etib tarbiyalashdagi mehnati hamda xizmat faoliyati davomida hamkasblariga alohida oʻrnak boʻlib kelganligi uchun guruh ustoz-murabbiylarga boshqarma boshligʻining tashakkurnomalari va qimmatbaho esdalik sovgʻalarini tantanali ravishda topshirildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati