Namangan viloyati IIB boshligʻi polkovnik Shuxrat Aliyev tomonidan Chortoq tumanida migratsiya masalalariga bagʻishlangan muhokama yigʻilishi oʻtkazildi
2024-07-03 12:15:00 / Yangiliklar
Hozirgi kunda jinoyatchilikning oldini olishda aholi daromadlarini oshirish, migratsiyadan qaytgan fuqarolarni munosib ish oʻrinlari bilan taʼminlash, shuningdek, chet elda mehnat migratsiyasida boʻlib, yetarlicha daromadga ega boʻlmagan fuqarolarni esa Vatanga qaytarish ustuvor vazifa sifatida belgilab olingan.
Xususan, polkovnik Shuxrat Aliyev tomonidan Chortoq tumanida migratsiya bilan bogʻliq masalalar ahvolini oʻrganish maqsadida tuman sektor rahbarlari, mutasaddi tashkilot vakillari ishtirokida muhokama yigʻilishi oʻtkazilib, bu boradagi amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
Yigʻilish davomida masʼul rahbarlarga migratsiyada boʻlgan va qaytgan fuqarolarning har biri bilan individual tartibda ishlash, ularning daromadini oshirish maqsadida munosib ish bilan taʼminlash yuzasidan aniq topshiriqlar berildi hamda kelgusida bajarilishi lozim boʻlgan manzilli chora-tadbirlar belgilab berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati