Surxondaryo viloyatida “Qiynoqqa solishga qarshi kurash: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzusida sayyor oʻquv yigʻinlari oʻtkazilmoqda
2024-07-03 11:20:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-fevral kunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Inson huquqlari sohasidagi Milliy taʼlim dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-46-son qaroriga muvofiq, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarining tezkor-qidiruv, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov faoliyatini amalga oshiruvchi, jazoni ijro etish muassasasi hamda viloyat prokuraturasining xodimlari bilan “Qiynoqqa solishga qarshi kurash: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzusida sayyor oʻquv yigʻinlari tashkil etildi.
Mazkur oʻquv yigʻinida xodimlarga Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi davlat va huquq instituti, IIV Akademiyasi hamda IIV Malaka oshirish instituti professor-oʻqituvchilari va mutasaddi xodimlari tomonidan oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda.
Oʻquv yigʻinini tashkil etishdan asosiy maqsad, xodimlarga “Inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlar”, “Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konvensiyaning mazmun-mohiyati”, “Qiynoqqa solish bilan bogʻliq qilmishlar sodir etilishini oldini olishga oid qonunchilikning rivojlanishi”, “Qiynoqqa solish uchun javobgarlik masalalari”, “Oʻzbekistonda jazoni ijro etish tizimini isloh qilish jarayonlari va mahkumlar huquqlari”, “Ushlab turish, qamoqqa olishga oid xalqaro standartlar, mahbuslar huquqlarini taʼminlash kafolatlari, mahbuslar huquqlarini taʼminlash kafolatlari”, “Nelson Mandela qoidalari”ning mazmun-mohiyati hamda “Yangilangan Nelson Mandela qoidalari”ning mazmun-mohiyatini yetkazishdir.
Oʻquv yigʻini yakunida sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan xodimlarga Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan belgilangan namunadagi sertifikatlar topshirilishi rejalashtirilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati