Buxoro viloyati 3-sektori hududiga qarashli Gʻijduvon tumanida 30-iyun «Yoshlar kuni» munosabati bilan «Yangi Oʻzbekiston yoshlari birlashaylik» shiori ostida voleybol sport turi boʻyicha Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi kubogi musobaqasi oʻtkazildi
2024-07-02 00:05:00 / Yangiliklar
![Buxoro viloyati 3-sektori hududiga qarashli Gʻijduvon tumanida 30-iyun «Yoshlar kuni» munosabati bilan «Yangi Oʻzbekiston yoshlari birlashaylik» shiori ostida voleybol sport turi boʻyicha Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi kubogi musobaqasi oʻtkazildi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2Ff0254a9f-a1a8-a26e-24b5-fbf26819499b_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Gʻijduvon tumanining 75 ta mahallalarida istiqomat qilayotgan 30 yoshgacha boʻlgan yigit va qizlardan tarkib topgan jamoalar shakllantirilib, jami 300 nafardan ortiq sportsevar yoshlarni qamrab olgan ushbu sport bayrami oʻta qiziqarli va koʻtarinki kayfiyatda oʻtdi.
Voleybol sport turi boʻyicha boʻlib oʻtgan musobaqa keskin va qiziqarli bahslarga boy boʻldi.
Umumiy natijalarga koʻra «Koʻshk»mahallasi jamoasi birinchi, «Gajdumak»hamda «Paxtaobod» mahallalari jamoalari vakillari esa ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni band etib, shohsupaning yuqori pogʻonalarini band etishdi.
Bundan tashqari musobaqa davomida individual mahorati bilan alohida natija koʻrsatgan sportchilar ham turli nominatsiyalar boʻyicha gʻolib deb topildi.
Musobaqaning taqdirlash marosimida soʻzga chiqqan Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik Ikromjon Tursunov bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlarni alohida eʼtirof etib, 30-iyun «Yoshlar kuni» munosabati bilan gʻijduvonlik yoshlarni muborakbod etdi.
Shundan soʻng, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan va faol ishtirok etgan jamoalar hamda nominatsiyalar gʻoliblariga Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining faxriy yorligʻi, diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati