Samarqand viloyatida «Kibermadaniyatni yuksaltirish» targʻibot oyligiga start berildi
2024-07-02 00:10:00 / Yangiliklar
![Samarqand viloyatida «Kibermadaniyatni yuksaltirish» targʻibot oyligiga start berildi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F4a52e20b-7b08-a566-0012-0912e97e6137_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
1-iyul kunidan boshlab, bir oy davomida Samarqand viloyatida «Kibermadaniyatni yuksaltirish» targʻibot oyligi oʻtkazilmoqda.
Mazkur oylik doirasidagi tadbirlar xususida keng jamoatchilikka maʼlumot berish maqsadida oʻtkazilishi rejalashtirilgan matbuot anjumani oʻtkazildi.
Ushbu anjumanda viloyat hokimligi va huquq tartibot organlari rahbarlari, taalluqli korxona va tashkilotlar masʼullari va Axborot xizmatlari xodimlari, Ommaviy axborot vositalari vakillari, mustaqil jurnalist va blogerlar ishtirok etishdi.
Oylik doirasida «Mahallabay» va «Xonadonbay», taʼlim dargohlari va barcha hududlarda internetdagi tahdidlardan ogohlantiruvchi targʻibot tadbirlarini oʻtkazish rejalashtirilgan.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati