10–28-iyun kunlari Ichki ishlar vazirligi akademiyasi professor-oʻqituvchilari uchun terrorizmga qarshi kurashish maqsadlariga qaratilgan oʻquv kurslari tashkil qilindi
2024-07-01 10:55:00 / Yangiliklar
![10–28-iyun kunlari Ichki ishlar vazirligi akademiyasi professor-oʻqituvchilari uchun terrorizmga qarshi kurashish maqsadlariga qaratilgan oʻquv kurslari tashkil qilindi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F818cd781-8c29-1cf3-2b8b-96b0e9e81780_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
AQSh Davlat departamentining “Terrorizmga qarshi kurashishda koʻmak” dasturi asosida tashkil qilingan mashgʻulotlarni tajribali mutaxassislar olib bordi. Tinglovchilar hozirgi sharoitda yuzaga kelayotgan zamonaviy tahdidlar, terrorizm bilan bogʻliq jinoyatlar, ularning oldini olish usullari, bu turdagi jinoyatlarni fosh etishda samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va boshqa mavzularda maʼruzalar tingladilar.
Tavsiyalarga boy oʻtgan, xalqaro va tajribaning oʻziga xos xususiyatlari tahlil qilingan oʻquv kurslari yakunida ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlandi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati