Asosiy kontentga o'tish

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida navbatdagi bitiruv

2024-06-30 12:25:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida huquqbuzarliklar profilaktikasi, yoʻl-patrul va patrul-post xizmati boʻlinmalari xodimlarini “Fuqarolar bilan ishlash moduli” boʻyicha malaka oshirish oʻquv kursi hamda ofitserlik lavozimiga tayinlash uchun qayta tayyorlash kursi yakunlanishi munosabati bilan navbatdagi oʻquv kurslari oʻz nihoyasiga yetdi.

Oʻquv mashgʻulotlari innovatsion pedagogik texnologiya, interfaol metod va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda oʻtkazildi. Nostandart, ziddiyatli vaziyatlar, muammoli holatlarda toʻgʻri va tezkor qaror qabul qilish koʻnikmalari tinglovchilarda shakllantirildi.

Bugun ushbu oʻquv kurslarining yakuniga koʻra imtihon va sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan xodimlarga sertifikatlar topshirildi.

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati

367

Oxirgi yangilanish: 2024-06-30 12:17:31