Toshkent viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining aholi bilan sayyor-qabul uchrashuvlari davom etmoqda
2024-06-29 10:00:00 / Yangiliklar
Fuqarolar muammolarini ijobiy hal etishga qaratilgan navbatdagi sayyor qabulda Toshkent viloyati prokuraturasi, Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Prezident Xalq qabulxonasi, Sud, Departament, Adliya, Soliq hamda Bojxona boshqarmasi rahbarlari ishtirok etdilar.
Olmaliq shahrining «Bolajon» bogʻida sud-huquq masalalari boʻyicha oʻtgan sayyor qabulda ichki ishlar organlariga oid murojaatlar Toshkent viloyati IIBB boshligʻi oʻrinbosari, polkovnik Ahmadjon Poʻlatov tomonidan koʻrib chiqildi.
Jarayonda aholining, tergov, yoʻl harakatida xavfsizlikni taʼminlash, probatsiya, ichki ishlar organlariga ishga va oʻqishga kirish va boshqa shu turdagi murojaatlari qabul qilindi.
Murojaatlarning asosiy aksariyati qabul jarayonida va joyiga chiqib oʻrganishlar hamda muhokamalarda ijobiy hal etildi. Qoʻshimcha oʻrganish talab etadigan murojaatlarni qonuniy tartibda ijobiy hal etish boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Shahar-tumanlar kesimida ham shu kabi huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining aholi bilan ommaviy sayyor qabullari davom ettirilmoqda.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati