Navoiy viloyati IIBda yaqinda faoliyatini boshlagan yosh xodimlar ishtirokida psixologik trening oʻtkazildi
2024-06-29 09:30:00 / Yangiliklar

Navoiy viloyati IIBda IIV Akademiyasini yaqindagina tamomlab kelgan yosh xodimlarni yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega, oʻz burchi va qasamyodiga sodiq, kasbiy madaniyat va xizmat intizomi talablariga soʻzsiz rioya qilish ruhida tarbiyalash maqsadida psixologik trening tashkil etildi.
“Qonuniylikni taʼminlash va temir intizom oyligi” doirasidagi mazkur treningda viloyat IIBda faoliyat olib borayotgan psixologlar tomonidan ularni kasbga moslashtirish hamda muhim kasbiy sifatlarni shakllantirish boʻyicha mutaxassis tavsiyalari berildi.
Trening taʼsirchanligini oshirish maqsadida psixologik interfaol dasturlardan foydalanildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmat