Namangan viloyati IIBda Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya instituti ilmiy-tadqiqot guruhi aʼzolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
2024-06-29 06:35:00 / Yangiliklar

Namangan viloyati IIB boshligʻi polkovnik Shuхrat Aliyev rahbarligida oʻtkazilgan uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya instituti ilmiy-tadqiqot guruhi aʼzolari va Namangan viloyati IIBning tegishli sohaviy xizmat rahbarlari ishtirok etib, dastlab ilmiy-tadqiqot guruhi aʼzolari oʻzlarining Namangan viloyatiga xizmat safarining asosiy mazmun-mohiyati haqida maʼlumot berib oʻtishdi.
Shundan soʻng, polkovnik Shuхrat Aliyev jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda yangi tizim — Namangan shahar tajribasining samarasi haqida maʼlumot berib, bu tizimni viloyatning barcha tumanlarida ham joriy etish kerakligini alohida taʼkidlab oʻtdi.
Uchrashuv davomida ilmiy-tadqiqot guruhi aʼzolari tomonidan hamkorlikda hozirgi kunda sodir etilayotgan va salmogʻi sezilarli darajada yuqori boʻlgan jinoyatlarning kelib chiqish sabab va omillari oʻrganilib, atroflicha tahlil qilish, shuningdek, ularni bartaraf etish yuzasidan rivojlangan xorijiy davlatlarning amaldagi ijobiy natija berayotgan tajribalarini Oʻzbekiston sharoitida qoʻllash boʻyicha takliflar ishlab chiqish hamda boshqa tashkiliy masalalar kelishib olindi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati