27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Andijon viloyati IIB Axborot xizmatining xodimlari taqdirlandilar
2024-06-28 21:45:00 / Yangiliklar

Andijon viloyati IIBda 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Andijon viloyati IIB boshligʻining tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda boshqarma boshligʻining oʻrinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov ishtirok etib, ommaviy axborot vositalari ishi hamma zamonlarda ham ogʻir va masʼuliyatli boʻlganligini alohida urgʻu qaratdi.
Shu bilan birgalikda tizim faoliyatini keng jamoatchilikka tezkor va sifatli tarzda koʻrsatib berishni hamda boshqa ochiq va oshkoralikni zamonning oʻzi talab etayotganligini eʼtirof etib, Vazirlik rahbariyati va boshqarma boshligʻining tabriknomasini oʻqib eshittirdi.
Tadbir soʻngida Axborot xizmati xodimlariga esdalik sovgʻalari va pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati